JUNCHO’P

JUNCHO’P (Scorzonera circumfl exa) — qoqidoshlar (murakkabguldoshlar) oilasiga mansub ko’p yillik o’t. Ildizi tuganaksimon yo’g’onlashgan, 1-3 poyali, mayin qo’ng’ir tuklar bilan qoplangan. Bargi nashtarsimon, dag’al. To’pguli tsilindrsimon. Aprel—mayda gullaydi. O’zbekistonning tog’yon bag’irlarida ko’p o’sadi. Tarkibida kauchuk bor.