JUVOLDIZ

JUVOLDIZ, juvoldo’z — qop, sholcha choklarini tikish uchun mo’ljallangan uchi egri, ignasimon asbob. Igna va so’zandan kattaroq (16-18 santimetr) bo’ladi. Juvoldiz qadimda (temir bo’lmagan davrda) daraxt novdasi (aksar yulg’un) va suyakdan ishlangan, hozir temirdan yasaladi.