K
K — o’zbek kirill alifbosining o’n ikkinchi harfi. Yaqin til orqa, jarangsiz, portlovchi undosh tovushi. So’z boshi (ko’l, ko’z), o’rtasi (tulki, ukki) va oxiri (tilak, bilak)da kelishi mumkin. Ba’zi so’zlar oxirida kelib, egalik qo’shimchasi olganda jaranglilashadi va g tovushiga aylanadi (yurak+im — yuragim; tilak+i — tilagi). Shahar shevalarida, ba’zi hollarda, k tovushi y talaffuz etiladi (yurak — yuray, etak — etay), o’g’uz guruhiga oid shevalarda so’z boshida jaranglilashib g tovushini beradi (kel — gel, ko’rdim— go’rdim). Unlilar orasida juft xolda ham (mas, ikki) kelishi mumkin. Avesto, Urxun-Yenisey, Sug’d, turkiy (uyg’ur) yozuvlarida, shuningdek, Arab, lotin alifbosi asosidagi yozuvda o’ziga xos ko’rinishga ega. Bular jadvalda keltirildi.