KABACHKA

KABACHKA, qovoqcha (Cucurbita pepo var. giraumontia) — qattiq po’stli qovoqlar guruhiga mansub sabzavot ekini. Bir yillik, bir uylik, palakpoyasi qisqa o’simlik. Gretsiya va Italiya Kabachkalari turlari bor. Mevasi shakli uzunchoq, tsilindrsimon, og’irligi 350-400 gramm, sirti silliq, Tusi och yashil, toza pishganda novvotrang. Mevasi 40-45 kunda yetiladi. Tarkibida (%) quruq modda — 4,9, shu jumladan, qand — 2,55, oqsil — 0,55, yog’ — 0,13, kaltsiy, fosfor va klechatka bor. 2-4 kunlik yosh mevasi sirkalash uchun,etilgan mevalari pazandachilikda va konserva sanoatida ish- latiladi, yirik mevalari yangiligida chorva mollariga beriladi (1 kilogramm =0,07 ozuqa birligi) va silos qilinadi. Tabobatda uning guli kaynatilib, suvi yaralarni muolaja qilishda qo’llaniladi. O’zbekistonda grek 110 navi ekiladi. Urug’lari tuproq harorati 12-15° ga yetganda 5-7 santimetr chuqurlikda ekiladi. 1 gektar maydonga o’rtacha 2,5 kilogramm urug’lik sarflanadi. Erta hosil etishtirish uchun ko’chatini tuvaklarda o’stirib, qorasovuklardan keyin 20-25 kunligida ochiq maydonlarga ekish mumkin. Botir Azimov.