KADYAK

KADYAK, Kodyak — tinch okeandagi Orol, Alyaska (AQSh) ning Janubiy qirg’oqlari yaqinida. Materikdan Shelixov bo’g’ozi orqali ajralgan. Maydoni 9,5 ming kilometr kvadrat. Qirg’oqlari notekis, Ford ko’p. Relefi tog’lik (eng baland joyi 1353 metr). Katmay vulkani otilishi (1912) natijasida yer yuzasi vulkan kullari bilan qoplangan (ba’zi joylarda qalinligi 6 metrga yetadi). O’simlik dunyosi, asosan, baland bo’yli o’tlardan iborat, o’rmonlar uchraydi. Kadyak fauna rezervati tashkil etilgan. Qirg’oq yaqinidagi suv baliqqa boy. Baliq ovlanadi. Asosiy aholi punkti — Kadyak. Orol 1763 yil rus dengizchisi S. Glotov tomonidan kashf etilgan.