KAEDI

KAEDI — Mavritaniya Janubidagi shahar. Senegal daryosi sohilida, Senegal davlati chegarasida joylashgan. Gorgol viloyatining ma’muriy markazi. Aholisi 107,3 ming kishi (2000). Shosse yo’llari tuguni. Daryo porti. Chorvachilik rni markazi. Go’sht kombinati bor. Qishloq xo’jalik mahsulotlari qayta ishlanadi. Chorva mollari, jun, teri, baliq bilan savdo qilinadi.