Kafedra

Kafedra (grekcha o’tirish) — 1) oliy, o’rta maxsus hamda qayta tayyorlash va malaka oshirish o’quv muassalarida bir yoki bir-biriga yaqin bir necha fanlardan o’quv metodika va ilmiy tadqiqot ishlari olib boruvchi, shuningdek ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlovchi, mutaxassislar malakasini oshiruvchi asosiy bo’lim; 2) da’vat etiladigan, nutq o’qiladigan yuqoridagi o’rin; 3) oliy o’quv yurtlaridagi yagona yo’nalishga taalluqli mutaxasislar uyushmasi. Kafedrani mudir boshqaradi.