Kagarov Medat Aytoxunovich
Kagarov Medat Aytoxunovich (1940.15.6, Olmaota) — grafik rassom, O’zbekistan xalq rassomi (1990). Moskva Oliy badiiy sanoat bilim yurtini tu- gatgan (1965). 1965 y.dan O’zbekistonda. Toshkent teatr va rassomlik san’ati inti (1965-74) va Respublika rassom- lik bilim yurti (1974— 82)da dars ber- gan. K. ijodiy izlanuvchan, bir qolipda ishlashdan xoli bo’lgan yangi, boy grafik vositalarni izlab topadi, dastgoh va ki- tob grafikasida, shuningdek, Ekslibris- da ijod qiladi. 30 dan ortiq grafik tur- kum asarlar yaratdi. Navoiyning «Sab’ai sayyor» (1977), O’. Sulaymonovning «Ay- lanayin» (1987), A. Oripovning «Ishonch ko’priklari» (1989) va b. kitoblarni badiiy bezadi. 1990 y.dan rangtasvir- da ham ijod qiladi («jonajon o’lka», 1993; «borayotgan karvon», 1994; «Ipak yo’lida», 1996; «o’zgarishlar kitobi», 1999 va b.).