KAGOSIMA
KAGOSIMA — Yaponiyadagi Shahar va port. Kyusyu orolining Janub qismida, kagosima prefekturasining ma’muriy Markazi. Aholisi 546,2 ming kishi (1995). Transport yo’llari tuguni. To’qimachilik (asosan, ip gazlama va shoyi), kimyo, metallurgiya, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Nafis chinni buyumlar ishlab chiqariladi. Kagosima — Yaponiyaning Janubdagi baliq ovlash sanoatining markazlaridan. Universitet, badiiy muzey, fayans buyumlar muzeyi, shahar yaqinida kosmik tadqiqotlar markazi, issiq buloqlar bor. Turizm rivojlangan.