KAHRABO KISLOTA

KAHRABO KISLOTA (SN2 Soon)2 -ikki asosli organik kislota. Rangsiz kristall modda. Mol. m. 118, suyuqlanish t-rasi 183°, qaynash t-rasi 235°. Suvda, etil va metil spirtda yaxshi, efirda yomon eriydi. Qo’ng’ir ko’mir va turli smolalar (mas, kahrabo va b. o’simliklarda) bor. K.k. Kahraboni quruq haydab, sintetik usulda etilen bromid- dan olinadi. Fotografiyada, tibbiyot, analitik kimyoda, ba’zi plastmassalar olishda va b. sohalarda ishlatiladi. Chigitni ekishdan, bug’doy, qand lavlagi va b. urug’ini sepishdan oldin K.k.ning kuchsiz eritmasida namlansa, urug’erdan erta va tekis unib chiqib, tez rivojla- nadi.