Kalan,dengiz qunduzi, Kamchatka susari

Kalan,dengiz qunduzi, Kamchatka susari (Enhydra lutris) — Susarlar oila- siga mansub sut emizuvchi. Shu urug’ning yagona turi. K. susarlarning eng yirikla- ridan biri, tanasining uz. 100-150 sm, dumi 30-36 sm. Suvda yashashga moslash- gan. Oldingi oyoklari kalta, barmoqlari bo’g’imlarga bo’linmagan, panja va tovonlari eshkakga aylangan. Suvga sho’ng’iganda quloqlari va burun teshigi bekiladi. Suv ostida 45 min.gacha tura oladi. Yungi qalin, qoramtir qo’ng’ir, ba’zan timqora. Yil davomida tullay- Di. Tinch okean sohillari bo’ylab Kali- forniyadan Alyaska, Aleut orollarigacha, Kamchatkadan Yaponiyagacha tarqalgan edi. Qimmatli mo’ynasi uchun ko’plab ovlani- shi tufayli 19-a. o’rtalarida arealining hamma qismlarida deyarli qirib yuboril- gan. 1911 y. Xalqaro konventsiyaga ko’ra, qo’riqxonalarning tashkil etilishi va b. tadbirlar tufayli soni tiklanmoqda. Dengiz sohilida yashaydi, sokin ob- havoda kechasi ham dengizda qoladi. Quruqlikda sekin harakat qiladi. Bo’g’ozlik davri 8-9 oy, urg’ochilari har 2 yilda bir marta bolalaydi. Bolala- rining ko’zi ochiq, sut tishlari rivoj- langan. Dengiz tipratikanlari, mollyu- skalar va baliqlar b-n oziqlanadi. K. sohil bo’yi biosenozlarining asosiy komponenti, umurtqali hayvonlar so- nini boshqarib turishi, qo’ng’ir suv o’tlarining saqlanib qolishida muhim ahamiyatga ega. Dengiz suvining iflos- lanishi, ayniqsa neft mahsulotlari K. uchun katta xavf tug’diradi. 2 kenja turi mavjud, muhofaza qilinadi.