Kaledon burmalanishi
Kaledon burmalanishi — ilk paleozoy bilan O`rta paleozoy boshlarida burmalar, tog`lar paydo bo`lishi va magma otilib chiqishi. Ikkiga bo`linadi: erta kaledon burmalanishi bosqichi ordovik oxiri — silur boshlari; kech kaledon burmalanishi bosqichi silur oxiri — devon boshlari. Grenlandiya, Britaniya orollari, Skandinaviya, Markaziy Qozog`istonning g`arbiy qismi, Shimoliy Tyanshan, Oltoy, G`arbiy Sayan, Shimoliy Mongoliya, Janubi-Sharqiy Xitoy va Sharqiy Avstraliya kaledonidlari (tog`lari) kaledon burmalanishida paydo bo`lgan tog`lardir.