Kaliforniya

Kaliforniya — shimoliy Amerikaning g’arbiy qismidagi yarim Orol, Meksikada. Kaliforniya qo’ltig’ini tinch okeandan ajratib turadi. Uzunligi 1200 kilometr, kengligi 80-250 kilometr. Maydoni taxminan 144 ming kilometr kvadrat. Qirg’oqlari tik. Janda yondosh orollar va qulay buxtalar ko’p. Relefi tog’lik, eng baland joyi 3078 metr (La-Enkantada tog’i). Vulkanik va kristall massivlardan iborat. Marganes va mis rudasi konlari bor. Iqlimi tropik issiq, quruq iqlim. Yog’in yiliga 250 millimetr yog’adi. Cho’l va chala cho’l o’simliklari o’sadi. Tog’larda o’rmonlar uchraydi. Mahalliy aholi yaylov chorvachiligi, dehqonchilik, bog’dorchilik, baliq ovlash bilan shug’ullanadi.