Kaliy xlorid

Kaliy xlorid, KS1 – xlorid kislota (NS1) tuzi, asosiy kaliyli o’g’it; kaliyning tabiiy tuzlaridan bo’lgan silvinit minerali tarkibidagi KS1 tuzlarini kristallizasiyalash yoki flotasiya usulida olinadi. Kristalliza- tsiya usulida olingan o’g’it (markasi «K») oq yoki kulrang kristall modda, tarkibi- da 62-65% K2O bor; flotasiya usuli- da olingan o’g’it (markasi «F») pushti- qizg’ish rangli, tarkibida 54— 60% K2O bor, yirik kristalli bo’lganidan uzoq vaqt nam tortmasdan saqlanadi. Bar- cha o’simliklarga asosiy o’g’it sifatida (kuzgi shudgorlashda) va oziqlantirishda qo’llaniladi. K.x. O’rta Osiyoning sur tuproqli erlariga qo’l keladi. K.x. solingan tuproklarda 3,2— 3,3 ts/ga qo’shimcha paxta hosili olinadi. G’o’zaga har yili 50 kg/ga miqdorda (oziq modda hisobida) K.x. solinadi. Sho’r tuproqli erlarga K.x.ni ehtiyot bulib solish kerak, chunki u tuproqda o’simlik uchun zararli xlor mikdorining ko’payib ketishiga sabab bo’lishi mumkin. K.x. gigroskopik bo’lganligidan uni saqlash qoidalariga rioya qilish talab etiladi. K.x.ni ba- landligi 1,5 m dan 2,5 m gacha uyum holida yoki krplarda saqlash mumkin.