KALLAMOZOR SVITASI

KALLAMOZOR SVITASI — O’zbekiston Jan. va Jan.-g’arbidagi o’rta alb yotqiziqlari tarkibidagi Strati- grafik birlik, o’zbek olimlari o. M. Akram-Xo’jaev, o. Egamberdiev va H. H. Mirkamolovlar tomonidan alohida svita qilib ajratilgan (1971). K.s. She- robod yaqinidagi Kallamozor qishlog’i nomi b-n atalgan, umumiy qalinligi 60— 68 m li alevrolit, qumtosh, gil- tosh va chig’anoqli ohaktoshlardan tarkib topgan. Yotqiziklarda uchraydigan fauna qoldikdari (ammonitlar, pelesipoda- lar, foraminiferalar) K. s. o’rta alb yoshiga taalluqli ekanidan dalolat be- radi. Shim.ga tomon giltoshlar o’rnini alevrolit va qumtoshlar egallab boradi. Bobotog’va Qarshitog’atroflarida qizil qumtosh va kvars gravelitlar bor. Muhim stratigrafik va litologik ahamiyatga ega.