Kalman (Kalman) Imre
Kalman (Kalman) Imre (1882.24.10, Shiofok sh., Vengriya — 1953.30.10, Parij) — Venger kompo- zitori, operetta janri yirik ustasi. Ijodiy faoliyatini simfonik, vo- kal, fortepiano asarlari hamda kabare (estrada teatri) uchun qo’shiqlar yozish- dan boshlagan. «Kuzgi manyovrlar» (1908) ilk operettasi Evropa va AQShning bir qancha shaharlarida sahnalashtirilgan bo’lib, kompozitorga katta Shuhrat kel- tirgan. Jami 20 ta operetta yaratgan: «Lyuli-Premer» (1912), «Chardash raqsi qirolichasi»(1915, «Silva» nomi b-n ham mashhur), «Bayadera» (1921), «Gra- finya Marisa» (1924), «tsirk malikasi» (1926), «Monmartr binafshasi» (1930) va b. Asarlariga syujet holatlarining ke- skinligi, musiqali dramaturgiyasining rivojlanganligi, orkestr bo’yoqlari hamda kuylarning yorqinligi xos. Uslubi Venger musiqa folkloriga yaqinligi b-n ajralib turadi.