Kalomel

Kalomel (Yunoncha kalos — chiroyli va melas — qora),simob (1)-xlorid, Hg2Cl2 — oq yoki rangsiz mayda kristallardan iborat og’ir poroshok. O’tkir ishqorlar yoki ammiak ta’sirida qorayadi (nomi shundan olingan). Suvda oz eriydi. Spirt va efirda erimaydi, yorug’da sekin parchalanadi. Simobli zaxiralarning oksidlanishidan hosil bo’ladi. Zichligi 7,160 g/sm3; suyuqlanmay bug’lanadi; bug’lanish temperaturasi 383,7°. Kalomel kalomel elektrodlar tayyorlashda, organik reaktsiyalarda katalizator sifatida, ko’z muguz pardasi kasalligida va blennoreyat, venerik kasalliklardan saqlanishda surtma, shuningdek, siydik haydovchi dori sifatida qo’llaniladi.