Kalorimetriya
Kalorimetriya (lot. calor — issiqlik va … metriya) — turli fizik, kimyoviy va biologik jarayonlarda so- dir bo’ladigan issiklik effektlari (issiqlik miqdorlari)ni o’lchash usul- lari majmui. Xususan, K. usullari b-n jismlarning issiqlik sig’imi, fazaviy o’tishlar issiqligi (erish, qaynash va b.), kimyoviy reaktsiyalarda ajraladigan issiqlik effektlari, radioaktiv Emi- rilishlar, tirik organizmlarda mod- dalar almashinuvi va b. aniklanadi. Turli jarayonlarda jism sarflaydi- gan yoki yutadigan issiqlik miqdorini bevosita o’lchash uchun ishlatiladi- gan asboblar kalorimetrlar deyila- Di. 400 K va undan yuqori t-ralardagi issiklik o’lchashlarini o’z ichiga ol- gan K.ni yuqori temperaturalar K.si, suyuq azot, vodorod va geliy t-ralari sohasini (-77 K va undan pastda) past temperaturalar K.si deyiladi. K.ni o’lchash usullari issiqlik texni- kasida, metallurgiyada, kimyo texnologi- yasida keng ishlatiladi. Turli texnolo- gik jarayonlarda jismlarning qizishi, erishi yoki bug’lanishi uchun sarflana- digan issiqlikni hisoblashda; kimyo- viy reaktsiyalarning borishi chegarasi- ni aniqlashda va ularning sodir bo’lish shartlarini belgilashda K.dan foyda- laniladi. Mae, grafitdan sintetik ol- mos olish mumkin bo’lgan bosim va t-ra sohasini shu moddalarning issiqlik sig’imlarini va yonish issiqliklarini kalorimetrik o’lchashlar orqali ani- klangan. Biologiyada K. (biokalori-metriya) yordamida organizmda bo’lib turadigan kimyoviy va fizik jarayon- lar [endotermiklik yutilishi) va ek- zotermiklik chikarish)]dagi issiqlik effektlari aniklanadi. Mae, bir so- atda ichak tayoqchasi mikrobi ~10~9 kal, odam 5-104 kal issiqlik chiqarishini K. usuli b-n aniqlangan. Organizmdan ajralib chikadigan issiqlik mikdo- rini aniqlash uchun, odatda, hayvon yoki odam kalorimetr (devorlari orasida suv oqib turadigan kamera)ga joylash- tiriladi. Bunda organizmdan chiqayotgan issiqlikni suv yutadi. Suv massasi va uning t-ra o’zgarishidan qancha issiklik ajralishi bilib olinadi. Agar bun- Day bevosita o’lchash mumkin bo’lmasa, u holda bilvosita usullardan foydala- niladi (mas, organizm vaqt birligida yutgan O2 va chiqargan SO2 nisbatidan oqsil, yog’, uglerodlarning oksidlanishi uchun sarflagan O2 mikdori aniqlanadi. OK-sidlanish reaktsiyalaridagi issi- klik effektlariga qarab organizmda xreil bo’ladigan issiqlik miqdorini hisoblab chiqsa bo’ladi). K. fiziolo- gik tadqiqotlar va diagnostikada katta ahamiyatga ega.