Kaloriyalilik
Kaloriyalilik — 1) oziq-ovqat mahsulotlarining kaloriyaliligi — oziq moddalar (oqsillar, yog’lar va uglevodlar)da to’plangan energiya; oziq-ovqat mahsulotlarining energiyaviy qiymati (kal — kaloriya va kkal — kilokaloriyada ifodalanadi). Oziq-ovqat mahsulotlarini qiyosiy baholashda; ovqatlanishni rejalashtirishda, parhez taomlarni tavsiya qilish va boshqalarda qo’llanadi. Kaloriyalilik mahsulotda oksidlanmagan uglerod va vodorod atomlari mavjudligi bilan aniqlanadi. Masalan, yog’ molekulasida oksidlanmagan uglerod va vodorod atomlari uglerod va oqsillardagiga nisbatan ko’proq bo’ladi; 1gramm yog’ 9,3 kkal (1 kkal=4,1868-103 J), 1 g uglevod 4,1 kkal, 1 g oqsil xam 4,1 kkal. Ba’zi mahsulotlarning (Yuog) Kaloriyaliliki (kkal da) quyidagicha: sut (kefir, chuchuk qatiq) — 62; sariyog’ — 734; sifatli mol go’shti — 154; sifatli qo’y go’shti — 206; tuxum — 150; ko’k piyoz — 21; tuzlanmagan bodring— 15; kartoshka — 89; karam — 27; sabzi— 36; olma — 48; qand — 320; bug’doy unidan yopilgan non — 230 va boshqalar. Turli kasb va yoshdagi, har xil jinsdagi kishilarning energiya sarfi bilan bog’liq ravishda iste’mol qilinadigan taomlar mikdorini belgilashda Kaloriyalilikni bilish juda asqotadi. Oziq-ovqat mahsulotlari ichida kaloriyasi eng yuqori bo’lgan mahsulot o’simlik moyi (872 kkal), eng past bo’lgan mahsulot — oq karam (27 kkal). Si birligida Kaloriyalilik birligi kj/100 g hisobida ifodalanadi. Oson-qiyinligi o’rtacha bo’lgan ishda ishlaydigan o’rta yoshli odam uchun bir kecha-kunduzda 3 ming kkal zarur bo’ladi. Chorvachilikda — yem-xashakning ozuqalik darajasini belgilashda, qishloq xo’jalik hayvonlarini boqishda, yem berish me’yorini (rasionini) aniqlashda ham Kaloriyalilik asosiy mezon bo’ladi. 2005 kkal almashinuvi energiya (ozuqa tarkibidagi moddalarning hayvon organizmida hazm bo’lib, qon va limfalarga singgan qismi energiyasi) 1 energetik ozuqa birligi (10,5 megajoul) sifatida qabul qilingan. 2) yoqilg’i (yoki yonilg’i) to’liq yonganda ajralib chiqadigan issiqlik miqdori (J yoki kalda ifodalanadi).