Agar kaltakesak dumi dushman changaliga yoki tishiga tushib qolsa, u dumidan ayriladi. Bunday qobiliyat himoya reaksiyasi deyiladi. Eski a’zo o’rniga yangisini o’stirish qobiliyati regeneratsiya (tiklanish) deyiladi. Kaltakesaklar o’z dushmanlari, asosan qush va yirtqichlardan shu tarihqa qutula olish qobiliyatiga ega. Shu bois hech qachon uning dumidan ushlab tutishga urinmang! Dumidan ajralish kaltakesak uchun og’ir albatta, chunki u dumi yordamida kenglikda muvozanat saqlaydi. Yangi dum esa juda sekin o’sadi. Regeneratsiya jarayoni muayyan darajada boshqa hayvonlarga ham xosdir. Masalan, dengiz yulduzi krab yoki omar uzib olgan nurini qayta tiklay oladi. Shunisi ajablanarliki, zararlangan nur uzilib tushgandan keyin ham birmuncha vaqt chambarak bo’la oladi va sudraladi. Nima uchun shunday bo’ladi? Qonda kislorod saqlanib qolar ekan, mushaklar va asab sistemasi ishlashda davom etadi. Bu o’ziga xoslikda jon bor. Tabiatda hech narsa behuda bo’lmaydi. Ammo bu nima uchun kerak? Uzilgan dumning harakatlanishi himoyalanishning o’ziga xos usulidir. Yirtqichning xayoli bo’linadi, u o’ljasi qayoqqa ketayotganidan sarosimaga tushib qoladi va uni ko’rish uchun to’xtashga majbur bo’ladi. To’xtab qolish kaltakesakning qochib ketishi uchun kifoya qiladi. U dumsiz qolsa-da, o’z hayotining yana bir kunini ana shu tariqa g’alaba bilan o’tkazadi! Kuchlilar hamisha ham chaqqonlar ustidan g’alaba qozonavermaydi!

Kislorod nimadan tashkil topgan?

Sigirlar zinadan tusha oladimi?

Sharpalar oroli haqida bilasizmi?

Dumsiz mushuklar haqida bilasizmi?

Futbol hakami oʻziga qizil kartochka bera oladimi?

Jek — temiryoʻl signalchisi boʻlib ishlagan maymun haqida bilasizmi?

Hurishni bilmaydigan it haqida bilasizmi?

Nega baʼzi hayvonlar qishki uyquga ketishini bilasizmi?

Nega xoʻroz ertalab qichqiradi?
