Kaltatoy

Kaltatoy-o’zbek xalqining tarkibiga kirgan urug’lardan biri. Kaltatoy o’zbeklar tarkibidagi “turk” deb ataluvchi etnik guruhning bo’linmalaridan biri bo’lgan. Kaltatoy yana bir qancha kichik urug’lar (muazzamini, maxatori, mirza kaltatoy)ga bo’lingan. Sho’rolar istibdodi o’rnatilganga qadar kaltatoylar Farg’ona vodiysiga Nurota va Molguzar tog’larining yon bag’irlarida, Zarafshon vodiysining o’rta oqimlarida, Surxon-Qoratog’ daryolarining yuqori va o’rta oqimlarida yashaganlar. XIX asr oxiri — XX asr boshlarida kaltatoylar batamom o’troqlashib o’z urug’ nomini unutganlar. Hozir faqat ayrim keksalargina o’tmishda kaltatoy urug’iga mansub bo’lganlarini eslaydilar.