KALXATLAR
KALXATLAR (Milvus) — qarchig’aysimonlar oilasiga mansub qushlar urug’i. Yevropa, Osiyo, Afrika, Avstraliya va Amerikada keng tarqalgan. 5 turi bor. O’rta Osiyoda qora kalxat yashaydi; mart oyi boshlarida uchib keladi. Uyasini suvga yaqin baland daraxtlarga, qoyalarga quradi. Aprel—mayda 2-4 ta tuxum qo’yadi. Umurtqali mayda hayvonlar, baliqlar va hasharotlar bilan oziqlanadi.