KAMAGUEY

KAMAGUEY — Kubaning markaziy qismidagi shahar. Atiboniko daryosi sohilida joylashgan. Kamaguey provintsiyasining ma’muriy markazi. Aholisi 300 ming kishi chamasida (1990- yillar o’rtalari). Temir yo’l va avtomobil yo’llarining yirik tuguni. Aeroport bor. Qishloq xo’jaligi (shakarqamish, chorvachilik) rayonining muhim savdo-sanoat markazi. Mashinasozlik, kimyo sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarish, oziq-ovqat, tamaki, to’qimachilik, ko’n poyabzal sanoati korxonalari mavjud. Kamaguey yaqinidan xromit olinadi. Ignasio Agramonte universiteti (1974) va muzeyi bor. 17-19-asrlarga oid me’moriy yodgorliklari saqlangan. Shaharga 1515 yilda asos solingan, 1817 yildan shahar maqomini olgan.