KAMAR

KAMAR — o’pqon, jarlik; sel va suv toshqinida hosil bo’lgan chuqurlik; anhor, ko’l, daryoning tik tushgan girdobli chuqur joyi; atrofini qir, tepalar o’rab turgan pastlik yer, qirdagi uzun cho’zilgan do’nglar. Joy nomlari sifatida ham uchraydi. Masalan, kamar qishlog’i (Ohangaron vodiysi). Tog’lardagi tokchasimon o’yiq joy ham Kamar deyiladi.