Kamar

Kamar — 1) jarlik, daryoning tik tushgan chuqur, suv aylanib oqadigan joyi, pastlik yerni o`rab turuvchi qirlar, qirdagi uzun cho`zilgan do`nglar. Joy nomlari sifatida ham uchraydi. Masalan, Kamar qishlog`i (Ohangaron vodiysida); 2) tog`lardagi tokchasimon o`yiq joy.