Kamar qishlog’i haqida eshitganmisiz?

Kamar qishlog’i haqida eshitganmisiz? – Surxondaryo oblastining Jarqo’rg’on rayonida. Bu toponimga geografik termin-Kamar asos bo’lgan. Kamar so’zining bir qancha ma’nosi bor: o’pqon, sel va suv toshqinlarida hosil bo’lgan chuqurlik, anhor va ko’l, daryolarning girdobli joyi. Kamar so’zi juda katta territoriyada qo’llaniladi va uning semantic doirasi ham ancha keng. E.Murzayevning ta’kidlashicha, bu so’z “qirg’oq, tog’ yonbag’ri, jarlik” kabi ma’nolarga ham ega. Kamar so’zi ko’plab toponimlar tarkibida ishtirok etadi: Katta Kamar, Yer kamar, Sar kamar, Dav kamar, Ot kamar, Quyi kamar va hokazolar.

Добавить комментарий