Kambodja
Kambodja, Kambodja Qirolligi (Cambodia) — Jan.-Sharqiy Osiyoda, Hindixitoy ya. o.ning Jan. qismida joy- lashgan davlat. Mayd. 181 ming 35 km2. Aholisi 12,49 mln. kishi (2001). Poy- taxti — Pnompen sh. Ma’muriy jihatdan 20 viloyat (kxet)ga va markaz qaramog’idagi 2 shaharga bo’linadi. Davlat tuzumi. K. — konstitusiyali mo- narxiya. Amaldagi Konstitusiyasi 1993 y.da qabul qilingan. Davlat boshlig’i — qirol. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — 2 palatali parlament (Milliy Assambleya va Senat)dan iborat. Ijroiya qokimiyatni hukumat amalga oshiradi. Tabiati. K. hududining ko’p qismini al- lyuvial va ko’l yotqiziqlaridan iborat Kambodja tekisligi egallagan. Mamla- kat g’arbida Kravan tog’lari (Oral tog’i, 1813 m — eng baland nuqta), shim.da dan- grek qumlog’i va sharqida Annam tog’larining tarmog’i bor. Iqlimi subekvatorial, mussonli, yozi nam, qishi nisbatan quruq. Eng issiq oy — apr.da o’rtacha t-ra 29°, 30°, dek.da 25°, 26°. O’rtacha yillik yog’in 700-2000 mm. K.da Daryo ko’p. Mekong daryosining quyi qismi K. hududidan o’tadi; suv sathi mav- sum sayin o’zgarib turadi. Tonlesap ko’li kam suv. K. hududining 3/4 qismiga yaqini o’rmon. Sharqida barg to’kuvchi tropic o’rmon, tog’larda qimmatbaho yog’och beruv-chi doim yashil (sal, tik, lak, kamfara) daraxtlar usadi. Qolgan hududida siy- rak daraxtli savannalar, qalin bambuk- zorlar va turli chakalakzorlar bor. Kam- bodja tekisligi ancha qismining tuprog’i unumdor allyuvial tuproq. Hayvonlari ko’p va xilma-xil. Yo’lbars, qoplon, qora ayiq, fillar uchraydi. Mekong daryosi va uning irmoqlarida timsohlar, suzuvchi qushlar, meshkopchiqush va flamingolar bor. Tonlesap ko’lida baliq ko’p. Aholisining 80% kxmerlar, asosan, K. ning Markaziy pasttekislik qismida yashaydi. Shaharlarda, Mekong daryosi vo- diysi va Tonlesap atrofida vetnamlar, xitoylar, shuningdek, chamlar, Malayya- lar, tog’lik kxmerlar, frantsuzlar (shaharlarda) va b. istiqomat qiladi. Rasmiy tili — kxmer tili. Frantsuz ti- lida ham so’zlashishadi. Kxmerlarning ko’pchiligi buddaviylikka, xitoylar — konfutsiylikka e’tiqod qiladi, Fran- suzlar b-n vetnamlarning bir qismi katolik mazhabida. Aholining 12% dan ko’prog’i shaharlarda. Yirik shaharlari: Pnompen, Battambang, Sianukvil ( K a m p o n g s a o m ) . Tarixi. Hoz. K. hududida odamlar neolit davridan yashaydi. Ular dehqonchilik, baliqchilik va ovchilik b-n shug’ullangan. 1~6-a.larda K. hududida birinchi Funan quldorlik davlati vujudga keldi. U Jan. Hindiston, Xitoy b-n savdo qilgan va madaniy aloqada bo’lgan. 7-8-a.larda K. hududida er Chenlasi va Suv Chenlasi davlatlari tashkil topdi. 9-a.da esa Mekong daryosi deltasida Kambujadesh saltanati vujudga keldi. U 13-a. oxirida inqirozga uchradi. 16-a. o’rtalarida buddaviylik tarqaldi. 16-a. oxirida tay qo’shinlari mamlakatning g’arbiy qismini vayron qildi. 18-a.da K. Siyom va Vetnam davlatlariga tobe bo’lib qoldi. 19-a. o’rtalarida Frantsiya K.ga bostirib kirib, 1863 y. uni protektorat haqida shartnoma tuzishga majbur etdi. Mazkur shartnoma 1884 y. K. uchun og’ir bitim b-n almashtirildi. Natijada K. Frantsiya mustamlakasiga aylandi. 1887 y. K. Frantsiya Hindixitoydagi o’z mustamla- kalarini nazorat qilishni markazlash- tirish maqsadida tuzgan Hindixitoy Ittifoqi tarkibiga kiritildi. K.ning asoratga solinishi milliy mustaqillik uchun kurashning avj oli- shiga sabab bo’ldi. 19-a.ning 60-90-y. larida milliy mustaqillikni tiklash uchun xalq harakatlari bo’lib o’tdi. 1926 y. mustaqillik talab qilgan dehqonlar harakati frantsuz mustamlakachilari to- monidan shafqatsizlik b-n bostirildi. 1940 y.da K.ni Yaponiya bosib oldi. Va- tanparvarlarning qarshilik harakati Ozod kxmer tashkiloti rahbarligida yapon bosqinchilariga, 1945 y.dan keyin frantsuz mustamlakachilariga qarshi ke- skin kurash olib bordi. 1946 y. saylangan maslahat Majlisi K. tarixida birinchi konstitusiyani tasdiqladi. Milliy ozodlik harakati tazyiqi ostida Frantsiya o’z qo’shinlarini olib chiqib ketishga majbur bo’ldi (1953 y. 9 noyab.). Bu sana milliy bayram — K. mustaqilligi kuni deb e’lon qilindi. 1955 y. 25 sent.da K. Konstitusiyasiga tu- zatish kiritildi, birinchi mustaqil hukumat — Sangkum tuziddi. 1970 y. 18 martda mamlakatda davlat to’ntarishi bo’ldi; N. Sianuk o’rniga general lon Nol davlat boshlig’i qilib tayinlandi. Apr. oyi oxirlarida K.ga Amerika-say- Gon qo’shinlari bostirib kirdi. K. va- tanparvarlari bosqinchilarga va Pnom- pen mustabid hokimiyati qo’shinlariga qarshi kurash olib bordi. 1970 y. 30 iyunda AQSh qo’shinlarining katta qismi K. hududidan olib ketildi. 1970 y. 9 okt. da Pnompenda g’ayridemokratik «Kxmer Respublikasi» e’lon qilindi, 1972 y. 4 iyunda lon nol «prezident» qilib «say- landi». U K. da osiyoliklarni Osiyoli- klarga qarshi urushtirish siyosatini qo’lladi. 1976 y.da mamlakatdagi hokimiyatni Pol Pot — Ieng sari to’dasi egallab olib, fashistsimon mu- stabid tartiblarni o’rnatdi, xalqni qirg’in qildi. 1978 y.da tuzilgan K. mil — liy najot Birlashgan fronti qurolli kuchlari safi partizanlar, muntazam qismlar va b. vatanparvar kuchlar hisobiga kengaydi. Ular mamlakat hududining katta qismini ozod qilishga erishdi. 1979 y.da manfur tu-zum ag’darildi. 1993 y.da yangi Konstitusiya qabul qilindi, N. Sianuk boshliq mo- narxiya tiklandi. Shu Konstitusiyada K. qo’shilmaslik siyosatini yurituvchi mustaqil, suveren, tinchliksevar, beta- raf mamlakat deb e’lon qilindi. K. 1955 y.dan BMT a’zosi. O’zR b-n diplomatiya munosabatlarini 1995 y. 7 sent.da o’rnatgan. Milliy bayrami — 9 noyab. — Mustaqillik kuni (1953). Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari. Mustaqil, betaraf, tinch va hamkorlik qiluvchi K. uchun milliy front, 1992 y.da tuzilgan; K. xalq partiyasi, 1951 y.da asos solingan; buddaviylar Liberal-de- mokratik partiyasi, 1992 y.da tuzilgan; Liberal demokratik partiya, 1992 y. tu- zilgan; K. milliy qurilish va mudofaa Birlashgan fronta, 1978 y. tuzilgan. K. kasaba uyushmalari federasiyasi 1979 y. t u z i l g a n . Xo’jaligi. K. — iqtisodiy jihatdan zaif agrar mamlakat. Xo’jaligining aso- si — q. x. Mehnatga layoqatli aholining 85% band bo’lgan bu soha yalpi ichki mahsulotning46,6% ni beradi. Q. x.da etakchi tarmoq — dehqonchilik. Sholi, makkajo’xori, batat, yams, shakarqamish, murch, er yong’oq, tamaki, banan, apelsin, mandarin, paxta etishtiriladi, tabiiy kauchuk olinadi. Qoramoldan ko’pincha ish hayvoni sifatida foydalaniladi. K.da yiliga 100 ming m3 yog’och tayyorlanadi. Baliq ovlash (ayniqsa, Tonlesap ko’lida) r i v o j l a n g a n . Sanoat korxonalari, asosan, mahalliy q.x. xom ashyosini ishlaydi. Oltin, bok- Sit, fosforit, magnezit, temir rudasi, rangli metallar rudalari, marmar va b. qazib chiqariladi. Elektr energiyasining ko’p qismi issiqlik elektr st-yalari (70 mln. kVt-soat)dan olinadi. Oziq-ovqat tayyorlash ishlab beruvchi sanoatning asosiy tarmog’idir. Metall va yog’och ish- lash, oziq-ovqat, neft tozalash, to’qimachilik va qog’oz f-kalari, faner, tsement, traktor-avtomobil yiguv, shina, pivo z-dlari va b. korxonalar bor. Sano- at markazlari: Pnompen, Battambang va Sianuk-vil sh.lari. K.da 649 km t.y., 14,8 ming km ga yaqin AV- tomobil yo’li bor. Suv yo’llarining ahamiyati katta (Mekong daryosining quyi oqimida). Asosiy portlari: Pnompen, Sianukvil. Pnompen yaqinida xalqaro aeroport bor. K. chetga guruch, tabiiy Kau- chuk, qurilish materiallari, kunjut, ka- pok (dag’al o’simlik tolasi), murch, baliq va baliq mahsulotlari chiqaradi. Chetdan mashinalar, asbob-uskunalar, neft mahsulotlari, transport vositalari, Tse- ment, iste’mol mahsulotlari, metall va metall buyumlar keltiriladi. K. Singa- pur, Tailand, Malayziya, Vetnam va b. davlatlar b-n savdo qiladi. Pul birligi — Riel. Maorifi. K. mustaqillikka erishgach, boshlangich (6 y.lik), to’liqsiz o’rta (4 y. lik), o’rta (7 y.lik) maktablarda bepul o’qish joriy qilindi. Pnompenda Oliy texnologiya inti va Kirollik texnika un-ti, shuningdek, Milliy kutubxona, Milliy muzey va Qirollik saroyi mu- zeyi mavjud. Matbuoti, radioeshittirishi va teleko’rsatuvi. K.da nashr etiladigan gaz. va jur.lar: «Kambodja» (kxmer tilida chiqadigan haftalik gaz., 1979 y.dan), «Kaset kangtoap padivoat» («Kambodja inqilobiy armiyasi», kxmer tilidagi haftalik gaz., 1979 y.dan), «Procheachun» («Xalq», kxmer tilida haftasiga 2 marta chiqadigan gaz., 1985 y. dan), «Pulko» («Mehnatkash», kxmer tilida 2 haftada chiqadigan gaz., 1988 y.dan), «Neak kxusa- na» («targ’ibotchi», jur.). K. matbuot agentligi 1978 y.da tashkil etilgan. K. milliy radiosi (1978) va K. davlat tele- videniesi (1983) ishlaydi. Adabiyoti. K. yozma adabiyotining san- skritdagi ilk namunalari 2-a.da yaratil- gan. Kxmer tilidagi adabiy asarlar 7-a. boshlarida paydo bo’ldi. 802-1433 y. larda kxmer madaniyati ravnaq topdi, kxmer tilida «Indradevi» lirik dosto- ni, «Reamker» eposi va «tum va Teau» xalq dostoni yaratildi. Yozuvchilardan Yashovar man II, Kavishvara, Kindra, sub- Xadra sanskritda, Duong, Tey non, Pxokdey va b. kxmer tilida ijod q i l D i l a r . 20-a.ning 30-40-y.larida gumanistik ruhdagi dastlabki romanlar — «Paylin atirguli», «Sopxat» va b. yozildi. K. mustaqillikka erishgach, kxmer adiblari Ittifoqi tashkil etildi. TIU Ol, Xel Sumpxa, Suon soren, NOP Savan va b. yozuvchilar muhim ijtimoiy-siyosiy mav- zularda asarlar yaratdi. Folklor Mate- riallarini to’plash va ularni nashr etish ishlari olib borildi. Me’morligi. Eneolit va jez davrlari- dagi dastlabki bino (ibodatxona)lar yog’ochdan, keyinroq toshdan, 6-7-a. larda g’ishtdan qurilgan. Kxmerlarga xos turar joylar qoziqoyoqlarga o’rnatilgan. 7-a. dagi Sambor-Prey-Kuk ansambli kabi minorasimon ibodatxonalar — Prasat- lar barpo qilingan. 9-a.da katta me’mo- riy majmualar va ehrom uslubidagi ibo- datxonalar bunyod etildi. 10-a.da bino qurishda laterit va qumtosh ishlatildi, o’ymakorlik san’ati rivojlandi. 9-12- a.larda yaratilgan yodgorliklar mustahkamligi, yaxlitligi va o’z davriga xosligi b-n AJ-ralib turadi. 9-13-a. larda me’morlik, ayniqsa, ravnaq topdi, serxasham ibodatxonalar va saroylardan iborat Angkor majmui bunyod etildi. Shu davrda 8 shaharda 1000 dan ortiq in- Shoot qurildi. Shahar markazlarida «tog’-ehromlar» qurish rasm bo’ldi (Rolu- osdagi Prax-ko, Banteay Srey va b.). 14- a. dan saroy va ibodatxonalar tosh o’rniga yog’ochdan qurila boshladi. 19-a.ning 2-yar- midan shahar binolarini frantsuz eklek- tikasi ruhida qurish avj oldi. Mustaqillik yillarida Pnompen, kam- pongsaom va b. shaharlarda ma’muriy, jamoat va uy-joy binolari temir-beton- dan mahalliy an’analar galereya, Mino- ra, nishabi tik tom)ni saqlagan holda, ayvonli va quyoshdan to’sadigan qilib, za- monaviy uslubda solindi. Qishloqva shaharlarda ko’pchilik uylar sinchli va ayvonli qilib quriladi. Tasviriy san’ati. K. hududida yaratilgan eng qad. san’at yodgorliklari neolit dav- riga to’g’ri keladi. Mil. AV. 1-ming yil- likda jezdan yasalgan buyumlar saqlanib qolgan. Mil. 6— 8-a.larda hindlarnikiga o’xshash haykalchalar yasalgan. 9-13-a. larda me’moriy yodgorliklar haykaltaroshlik va naqshinkorlik usu- lida bezatilgan. 14-a.dan boshlab haykallarni asosan jez va yog’ochdan yasash odat bo’lgan. 20-a. boshlaridan naqsh va rasmlardagi tasvirlarga hayotiy manza- ralar kiritila boshlandi; rangtasvir va grafika rivojlandi. Rassomlardan Ngok Dim, Sam Yun va b. ning asarlari mashhur. Amaliy bezak san’ati turlari- dan qo’lda shoyi to’qish, yog’och va fil so’yagi o’ymakorligi, kashtado’zlik va b. an’ana- lar saqlangan. Musiqasi qad. zamonlarda vujudga kelib shakllangan. Ko’hna ibodatxonalarda xo- Nanda va sozandalarning nomlari bitil- gan yozuvlar, tasvirlar saqlangan. Angkor davri (9-14-a.lar)da rivoj topgan kxmer mumtoz musiqa madaniyati va cholg’u asboblari hamon o’z shaklini o’zgartirmagan. Mumtoz musiqa madaniya- tida diniy ibodatlar b-n bog’liq musiqiy raqs (milliy balet) tomoshala- ri asosiy o’rin tutadi. K. baletida aso- siy rollarni ayollar ijro etadi, 2 erkak raqqos esa iblis, qiziqchi va hayvonlar niqobida o’ynaydi. Urib chalinadigan as- boblar — baraban (sampxo, chxayyam), qo’sh litavra (skotxom), tsimbal, Gong, puflab chalinadigan — goboysimon (pey o, pey- pok, pra pey), qamish nay (kxloy), torli asboblar — udsimon (ta Dieu, ta-kxe), g’ijjaksimon cholg’ular (troche, trosao, trokmae) milliy orkestrda asosiy o’rinni oladi. 1966 y.da Pnompenda na- fis san’at inti tashkil etilgan. Teatri. Fonus xayol, ya’ni soyalar teatri K. uchun an’naviy hisoblanadi. 1955 y.da Davlat drama teatri tashkil etildi. Pnompen, Siemreap va b. shaharlarda doimiy truppalar ishlaydi. Badiiy havaskorlik keng tus olgan. Professio- nal badiiy jamoalar tashkil etilgan, milliy balet qayta tiklangan. Uning sahnasida mifologiya ruhidagi an’ana- viy rakslar b-n bir qatorda voqeiy tomo- shalar (xalqning polpotchilar qamoq la- gerlaridagi azoblarini va ozodlik yo’lidagi kurashini ifodalovchi «kuz yoshlari va qon» spektakli) ko’rsatilayotir. Pnompenda shahar teatri, Siemreap sh.da yangi teatr ishlaydi.