KAMBODJA TEKISLIGI
KAMBODJA TEKISLIGI — Hindixitoy yarim orolining Janubda, asosan, Kambodja davlati hududida. Maydoni 200 ming km2. O’rtacha balandligi 100 metr. Allyuviy va ko’l yotqiziqlaridan iborat. Iqlimi tropik mussonli iqlim; yiliga 700 dan 1500 mm gacha yog’in yog’adi. Kambodja tekisligidan Mekong daryosi oqib o’tadi. Markaziy qismida Tonlesap ko’li bor. Hududining katta qismi botqoqlashgan. Savanna va siyrak o’rmonlar bilan qoplangan. Aholi sholi ekadi. Yirik shahri — Pnompen.