KAMFORA DARAXTI

KAMFORA DARAXTI, kamfora lavri (Cinnamomum camphora) —lavrdoshlar oilasiga mansub doim yashil daraxt. Bo’yi 20-25 metr, diametri 2,5 metrgacha. Bargi etli, xushbo’y. Guli ko’rimsiz, mayda, oqish. Janubiy Xitoy va Yaponiya orollarida o’sadi. Hamma qismida efir moyi bor. Yog’ochidan mebel yasaladi. Efir moyidan kamfora olinadi.