KAMOLOV JANOBIDDIN QIROPOVICH

KAMOLOV JANOBIDDIN QIROPOVICH (1930.12.1, Chust tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (2001). Toshkent pedagogika institutini tugatgan (1959). 1952 yildan Pop tumanidagi 11-maktabda, 1953 yildan Chust tumanidagi 1-maktabda, 1954 yildan 17-maktabda matematika fani o’qituvchisi. Kamolov darslarni noan’anaviy usulda olib boradi; bir qancha metodik qo’llanmalar va tavsiyalar muallifi.