Kamondan otish

Kamondan otish — sport turi. Diametri 40-122 sm doyra nishonga 18— 90 m uzoklikdan 30 yoki 36 tadan o’q uzilib ochko to’planadi. K.o. 15-a.da Shveytsariyada paydo bo’lgan. Musoba- qalarning hoz. qoidalari 19-a. oxirida ishlab chiqilgan. Olimpiada o’yinlari dasturiga kiritilgandan so’ng (1900) ko’p mamlakatlarda keng tarqaldi. 1931 y.dan jahon chempionati o’tkaziladi. Xalqaro K.o. federasiyasi (FITA, 1931 y. asos so- lingan)ga 127 ta milliy federasiya a’zo (2002), O’zbekiston K.o. federasiyasi 1991 y.da kirgan. AQSh, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada, Polsha, Rossiya kabi davlatlarda K.o. keng yoyilgan. O’zbekistonda K.o. 20-a. ning 60-y.laridan ommalashdi. Respu- blikamizning Natalya Butuzova, Olga Rogova, Vadim Shikaryov, Surayyo Vaki- lova, Eldor Sayfullin, Zamir Axmedov kabi kamonchilari jahon, qit’a chem- pionatlari va nufuzli musobaqalarda g’alaba qozonishgan.