KAMPINAS
KAMPINAS — Braziliyaning Janubiy- Sharqiy qismidagi shahar. San-Paulu shtatida. Aholisi 967 ming kishi (2000). Temir yo’l va avtomobil yo’llarining yirik tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Muhim qishloq xo’jalik rayonining (kofe, paxta, donli ekinlar, shakarqamish) savdo markazi. Elektrovoz, tikuv mashinalari ishlab chiqariladi. Metallurgiya, rezina- texnika, kimyo, to’qimachilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. 2 universitet, muzey bor. Shaharga 17-asrda asos solingan. 19-asrda kofe ishlab chiqaruvchi muhim markaz bo’lgan.