KAMPU-GRANDI
KAMPU-GRANDI – Braziliyaning g’arbiy qismidagi shahar. Matu-Grosu- du-Sul shtatining ma’muriy markazi. Aholisi 662,5 ming kishi (2000). Serra- Di-Marakaju tizmasining Sharqiy yon bagrida joylashgan. Transport yo’llari tuguni. Chorva mollari savdosi markazi. Qishloq xo’jalik yarmarkalari o’tkaziladi. Oziq- ovqat, ko’n poyabzal, yog’ochsozlik sanoati korxonalari mavjud. Qurilish materiallari ishlab chikariladi. Universitet (1970), o’lkashunoslik muzeyi bor. Shaharga 17- asr boshlarida asos solingan.