Kamxastak
Kamxastak (Cerasus mahaleb) — ra’nodoshlar oilasiga mansub keng shox-shabbali daraxt; manzarali o’simlik. Bo’yi 10-12 metr. Tana diametri 20-30 santimetr, kulrang yoki to’q kulrang. Bargi dumaloq, tuxumsimon, bandli, qalin, uzunligi 6 santimetr, chetlari arra tishli. Guli 2 jinsli, xushbo’y, gultoji yashil, oqish-qo’ng’ir. To’pguli shingilsimon. Mevasi mayda, qora, qizil, yashil, oqish-qo’ng’ir-sariq, sershira, nordon. Aprelda gullab iyul — avgustda meva beradi. Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati tog’lari hamda soy bo’ylarida o’sadi. Kamxastakka payvand qilingan gilos va olvolilar tez o’sadi, mevasi erta pishadi va qurg’oqchilikka chidamli bo’ladi.