Kamyu (Camns) Alber

Kamyu (Camns) Alber (1913.7.11, Mondovo, Jazoir — 1960.4.1, Vilbleven, Frantsiya) — frantsuz yozuvchisi. Ekzistentsializm oqimining yirik namoyandasi. 2-jahon urushi yillaridagi Qarshilik harakati qatnashchisi. Ijodiy faoliyati 1937 yildan boshlangan. «Begona» (1942) qissasi, «Sizif haqida asotir» (1942) falsafiy ocherki, «Anglashilmovchilik» (1944) va «Kaligula» (1945) dramalari — inson hayotining ma’nosi to’g’risidagi o’ylardan iborat. «Vabo» (1947) roman-ramziy hikoyasi Qarshilik harakati haqida. Asarlari adabiyot va falsafani yana ham bir-biriga yaqinlashtirgan. Kamyu «Isyonkor odam» (1951) falsafiy ocherki, «tubanlashuv» (1956) qissasi, «saltanat va surgun» (1957), «shved nutqi» (1958) kabi hikoyalar to’plami muallifi. Nobel mukofoti laureati (1957). «Begona» qissasi va «vabo» romani Ahmad A’zam tomonidan o’zbek tiliga tarjima qilingan (1995).