KANADZAVA
KANADZAVA — Yaponiyadagi shahar. Xonsyu orolining g’arbiy qismida. Isikava prefekturasining ma’muriy markazi. Aholisi 453 ming kishi (1995). Xoku- Riku iktisodiy rayonining sanoat va madaniy markazi. To’qimachilik (shoyi, ip gazlama), tikuvchilik, kimyo va oziq-ovqat sanoatlari rivojlangan. To’qimachilik va qishloq xo’jalik mashinasozligi korxonalari bor. Sifatli va nafis chinni, loklangan buyumlar, baliq ovlash to’rlari ishlab chiqariladi. Universitet, Kenroku milliy parki bor.