Kanat yo’l
Kanat yo’l — tayanchlar ora- siga tortilgan po’lat kanatlarda harakatlanadigan vagonetka, o’rindiq (kreslo) yoki kabinalarda yuk va odam- larni tashishga mo’ljallangan osma in- Shoot. Tog’li, o’tish qiyin bo’lgan joy — larga, Daryo, ko’llar ustiga, avtomobil yo’llari yoki t.y.larni eng qisqa maso- FAda o’tkazish kerak bo’lgan joylarga, shuningdek, transport harakati tig’iz shaharlarga quriladi. Vazifasiga ko’ra, yuk, odam, aralash (ham yuk, ham odam) tashiydigan; tuzilishiga ko’ra — 1, 2 kanatli, uzluksiz harakatlanadigan va mayatnikli xillarga bo’linadi. Yuk tashish K.y.i 2 kanatli yoki uzluksiz harakatlanadigan qilib quriladi. 2 kanatli yo’lda vagonetka aravachasi tor- tuvchi kanat yordamida ko’taruvchi kanatda harakatlanadi. Yuk ortish va tushirish st-yalari orasiga har 100-150 m da tir- gaklar o’rnatiladi, tortuvchi kanatni chig’ir (lebyodka) harakatlantiradi. Unda soatiga 450 t gacha yuk tashish mumkin, va- gonetkalarning tezligi 1 — 10 m/s. Ka- natli ko’targich deb ataladigan K.y. ham bor. Bunday inshootlardan yukli avtomo- billarni tik joylardan o’tkazib qo’yish uchun foydalaniladi. Odam tashiydi- gan K.y.da soatiga 1800 tagacha odam ta- shish mumkin, vagonetkalarning tezligi 1,5—11 m/s. K.y.dan bir yo’la odamlar va yukni tashishda ham foydalanish mum- kin. Urmon xo’jaligi va konchilikda bun- Day K.y.lar, ayniqsa, samarali. Odamlar chiqarib va tushirib ketiladigan bir ka- natli (odatda, halqasimon) K.y. ham bor, Bunda kanatga bir yoki ikki o’rinli kabi- na mahkamlab qo’yiladi. Bunday yo’llar tog’li kurort joylarda qo’l keladi. Sha- takka olib yuradigan bir kanatli yo’llar ham bor. Mac, chang’ichi chang’ida turgan holda prujinalanuvchi osmaga tayanib oladi. K.y. O’zbekiston, Kavkaz, Qrim va Evropaning ko’p mamlakatlarida mavjud.