KANGE
KANGE — shimoliy Koreyadagi shahar, Tonnagan daryosi sohilida. Chagando provintsiyasining ma’muriy markazi. Aholisi 210 ming kishidan ziyod (1990-yillar boshlari). Transport yo’llari tuguni. Taxta tilish va yog’ochsozlik, mashinasozlik, to’qimachilik sanoati korxonalari bor. Kange yaqinida grafit, toshko’mir, mis va boshqa foydali qazilma konlari topilgan. GES qurilgan.