KANO
KANO — Nigeriyaning shimoliy qismidagi shahar. Kano shtatining ma’muriy markazi. Avtomobil yo’llari tuguni, temir yo’l stantsiyasi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Aholisi 595 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Mamlakatning yirik savdo va hunarmandchilik (kumush, charmdan turli buyumlar tayyorlash) Markazi. Oziq-ovqat, ko’n poyabzal, kimyo, Tsement sanoati korxonalari, to’qimachilik fabrikasi mavjud. Universitet bor. Shahar 9-asrdan ma’lum. 19-asrgacha Kano davlati poytaxti bo’lgan.