KANOE
KANOE (ispancha canoa — qayiq) — sport qayig’i; shakli qayiqqa o’xshasada, eshkak o’rnatiladigan ayrisi bo’lmaydi, sirti silliqlangan faner yoki plastmassadan ishlangan. Eshkakchilar soni — 1, 2, 6 kishi bo’ladi. 1 kishilik Kanoening uzunligi 520 santimetrgacha, kengligi kamida 75 santimetr, og’irligi kamida 16 kilogramm bo’ladi. 2 kishilik Kanoeda bu raqamlar 650, 75, 20 va 6 kishilik Kanoeda esa 1100, 85, 50 ga teng. Sportchilar bir kurakli eshkakni bir tizzaga cho’kkalagan holda eshadilar. Erkaklar poygasi (1 va 2 kishilik Kanoeda) 1936 yildan Olimpiada musobaqalari dasturiga kiritilgan.