Kantonistlar

Kantonistlar (nemischa Kantonist-harbiy majburiyatli, Kanton-okrug so’zidan)-1) Prussiyada 1733-1813 yillarda harbiy xizmatga majbur bo’lgan kishilar, kantonlardan biri tomonidan harbiy xizmatga chaqirilgan va hududning polkini tashkil etgan; 2) Rossiyada 1805-1856 yillarda tug’ilishi bilan harbiy ro’yxatlarga kiritilgan askar o’g’illari ham Kantonistlar deb nomlangan. Ularning tarbiyasiga katta e’tibor qaratilgan. 7-15 yoshli Kantonistlar maktabga qatnagan. Dastlab xat-savod, keyinchalik o’qotar qurollardan foydalanish va harbiy fanlar, qo’shiq va musiqa, kotiblik, chilangarlik va boshqa kasb turlariga o’rgatilgan. Qobiliyati pastroq bolalar duradgorlik, temirchilik, kosiblik va boshqa hunar turlariga yo’naltirilgan. 15 yoshga yetgan bolalarning eng qobiliyatlilari yana uch yil maktabda o’qishni davom ettirgan, qolganlari esa harbiy xizmatga jalb qilingan.