KANURI
KANURI (o’zlarini beri-beri, aga deb ataydilar) — xalq. Asosan, Nigeriyada (5,1 million kishi), shuningdek, Niger, Chad, Kamerunda yashaydi. Umumiy soni 6 million kishi (1990-yillar o’rtalari). Kanuri tilida so’zlashadi. Dindorlari — sunniy musulmonlar. Kanurilarning ajdodlari qadimdan Chad ko’li atrofidagi hududlarda yashashgan. Sug’orma dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullanadi.