Sizni kapalaklar va kuyalarning ko’ra olishi, sezishi va hidni bilishi hayron qoldirishi mumkin. Kapalak og’zida joylashgan a’zolari bilan ta’mni biladi, bu — mutlaqo tabiiy. Hidni esa kapalaklar mo’ylovlari orqali sezadi. Kapalaklarning panjalari uchida o’rnashgan «burni» bilan hidlaydigan turlari ham bor. Ko’pgina kapalaklarning o’zi hid tarqatadi: bu ularga ikki maqsad uchun muhim. Bir hidi bilan o’zga jinsdagi kapalaklarni o’ziga jalb etsa, ikkinchisi bilan dushmanlarini cho’chitadi. Nar kapalaklar orqa qanotlarining karmonchasidagi jajji qipiqsimon pardasidan hid chiqaradi. Oshiq-ma’shuqlik davrida nari hidni modasi tomon taratadi. Ko’pgina nar kapalaklarning hidi gullarnikiga o’xshaydi va shu bois odamlarga yoqimli. Moda kapalaklar hidni tanasidagi maxsus bezlardan ajratadi. Ular chiqaradigan hid yoqimsizdir. Kapalaklarning ta’m bilish a’zolari odamlarnikiga nisbatan sezgirroq ekanini bilasizmi? Ular shirinlikni bizning tilimizdan ko’ra yaxshi sezadi. Ular suygan taom — tarkibida qand bo’lgan gul nektaridir, shu tufayli gulni osongina topib oladilar. Kapalak gulda nektar borligini bilgan zahoti uzun xartumchasini suqib, suyuqlikni so’rib oladi. Kapalaklar ranglarni yaxshi ajrata olishga qobildirlar. Ular hatto inson ko’zi ko’rmaydigan muayyan ultrabinafsha nurlarni idrok eta oladilar.
Baliqchilik nimani anglatishini bilasizmi
Baliqchi nimani anglatishini bilasizmi
Baliq uni nimani anglatishini bilasizmi
Baliqko’z nimani anglatishini bilasizmi
Baliq nimani anglatishini bilasizmi
Balans nimani anglatishini bilasizmi
Bakterioz nimani anglatishini bilasizmi
Bakteriolog nimani anglatishini bilasizmi
Bakteriya nimani anglatishini bilasizmi

