Kapcha ilonlar

Kapcha ilonlar, kobralar -aspidsimonlar oilasiga mansub ilon- larning bir guruhi. Suv K. i., bo’yinbog’li K.i., daraxt K.i., qirol K.i., qalqonli K.i., asl K.i. kabi urug’larga ajratiladi. Asl K.i.ning 6 turi Afrika va Osiyoda tarqalgan. Hind K.i., ya’ni ko’zoynakli K.i. (Najia najia) Sharqiy Osiyo (jum- ladan, Hindiston) Jan.da tarqalgan. O’rta Osiyo K.i. (N. Oxiana) asl K.i.ga kiradi. Asosan, umurtqali qayvonlar, jumladan, ilonlar b-n oziqlanadi. Urg’ochisi 8-12 ta tuxum qo’yib, ularni qo’riklaydi. K.i. xavf tug’ilganida tana- sining old qismini erdan dast ko’taradi; bir necha qovurg’alarini ikki yonga yoyib, bo’ynining boshidan keyingi qismini kichik belkurak (kapcha)ga o’xshash kengay- tiradi (nomi shundan olingan). Ayrim K.i. dushmaniga zahar otadi (tupuruvchi K.i.), yuqori jag’ida 2 ta zahar tishi bor, zaxari odam uchun halokatli. O’rta Osiyo K.i. O’zbekiston va xalqaro qizil ki- tobga kiritilgan. K.i. serpentariylarda boqiladi. K.i. zahari neyrotoksik xos- Saga ega bo’lib, tibbiyotda foydalanila- Di (q. Ilon zahari).