Kapitul

Kapitul (kechki lotincha capitulum)-1) kafedral Kapitul-katolik va anglikan cherkovlarida diotsez (yeparxiya)ni boshqarishda ishtirok etgan yepiskop huzuridagi kengash (ruhoniylardan tashkil topgan); 2) katolik diniy-ritsarlik va monaxlik ordenlarida rahbar shaxslar hay’ati.