KAPPON

KAPPON — 1) og’ir narsalar tortiladigan bir pallali ulkan tarozi. Kappon g’alla bozoriga o’rnatilib, unda 1-2 qop g’alla tortish mumkin bo’lgan; 2) shunday tarozi o’rnatilgan, usti Tim don bozori, g’alla bilan savdo qilinadigan rasta. Hozir bozorda, umuman, g’alla sotiladigan joy Kappon deyiladi.