Kaptarxona g’ori
Kaptarxona g’ori – Qoratepa tog’ tizmasining Janubiy-g’arbiy yon bag’ridagi (Kitob tumani) g’or, 1050 metr balandlikda joylashgan. Silur davri ohaktoshlaridan tarkib topgan. G’or og’zi Janubi-G’arb tomonga qaragan. Ichida bir qancha yo’laklar va xonalar mavjud. Sahni tosh parchalari aralashgan gillar bilan qoplangan. Devorlarida kaltsiy mineralidan tashkil topgan hosilalar uchraydi. G’orda ko’plab ko’rshapalak va yovvoyi kaptarlar yashaydi (nomi shundan). G’orning umumiy uzunligi 54 metr, maydoni 310m2, hajmi 3080 m3 dan ziyod. Yo’lakchalarning uzunligi 3 metr, eni 1 metr, balandligi 0,8 metrgacha. Xonalarning uzunligi 29 metr, eni 3,4 metr, balandligi 17 metrgacha.