Kaputikyan Silva (Sirvard) Barunakovna
Kaputikyan Silva (Sirvard) Barunakovna (1919.20.1, Yerevan) — arman shoirasi. Birinchi she’riy to’plami — «shu kunlarda» (1945). «Zanga sohillarida» (1947), «mening qarindoshlarim» (1951), «oq yo’l» (1954), «samimiy suhbat» (1955), «she’rlar» (1959), «yarim yo’ldagi o’ylar» (1960), «kutish vaqti» (1983), «tashvishli yo’llar» (1985) va boshq she’riy hamda nasriy asarlar muallifi. Kaputikyan she’rlarida oddiy kishilarning qalb kechinmalari, sevgi iztiroblari, sadoqat tuyg’ulari samimiyat bilan kuylangan («Sevgi qo’shiqlari», «men va u», «sadoqat» va boshqalar). «Karvonlar hamon yo’lda» (1964), «Xaritalar yoki odamlar meridiani» (1976) romanlarida xorijdagi armanlar hayoti tasvirlangan. Kaputikyanning she’rlari Zulfiya tomonidan o’zbek tiliga tarjima qilingan. U o’zbek shoirlari bilan yaqin ijodiy aloqada bo’lgan. As: She’rlar, T., 1961.