Kara dengizi
Kara dengizi — shim. Muz okea- ni qavzasidagi chekka dengiz. Novaya Zem- lya, Frans Iosif eri o.lari va Sever- Naya Zemlya arxipelagi oralig’ida. Mayd. 883 ming km2 (orollari b-n 893 ming km2). K.D., asosan, shelf zonasida joy- lashgan. Chuq. 30-100 m, maksimal chuq. 600m, suv hajmi 112 ming km3. Uzunligi (Jan.-g’arbdan shim.-sharqqa) 1500 km, eni (shim. qismida) 800 km. Orol ko’p. Yirik qo’ltiklari ob va Enisey. Dengizga Taymir, Pyasina, Enisey, ob, Kara da- ryolari quyiladi. Dengiz unga quyiluvchi Kara daryosi nomini olgan. Dengizda Arktika iqlimi hukmron. Qishi davom- li, sovuq, yozi qisqa, salqin. Yanv.ning o’rtacha t-rasi — 20°, — 30°, iyulniki —G dan 5° gacha. Qishda kuchli shamol va bo’ronlar, ezda tez-tez tuman bo’lib, iyul- da ham sovuq kunlar 6 kundan 20 kungacha etadi. Dengiz yilning ko’p qismida muz b-n qoplanib yotadi. Havo t-rasi dengiz- ning shim.da 9-10 oy, Jan.da 7-8 oy da- vomida 0°dan past bo’ladi. Yiliga 3-4 oy qutb tuni, 2-3 oy qutb kuni bo’ladi. Har xil baliklar (treska, muksun, nel- ma) va dengiz hayvonlari (nerpa, beluxa, dengiz quyoni, oq ayiq) ovlanadi. Asosiy porti — Dikson. Dengiz kemalari eni- Sey daryosiga Dudinka va Igarka portla- rigacha kira oladi.