Karakatisa
Karakatisa (Sepia) — o’n oyoqlilar turkumiga mansub boshoyoqli mollyuskalar urug’i. Tanasi cho’ziq, uz. 8,3 mm dan 50 sm gacha, vazni 10-12 kg gacha. Ikki yonida jiyaksimon so’rg’ichlari bor. Paypaslagichlari 10 ta, ularning ik- kitasi boshqasiga nisbatan uzun, uchki qismi kengaygan bo’lib, o’ljani tutish uchun xizmat qiladi. Chap qorin paypas- lagichi gektakotillashgan. Bu paypas- lagichi yordamida erkagi o’zining sper- matoforalarini urg’ochisining mantiya bo’shlig’iga kiritadi. Chig’anog’i tanasi- ning orqa tomonida mantiyasi ostida joylashgan. Xavf tug’ilganda siyox. xal- tachasidan chiqadigan qora suyuqlik (se- Piya) yordamida suvni loyqalatib dushma- nini chalg’itadi. Tuxumlarini suv ostida o’simliklarga bittadan yoki bir nechtadan yopishtirib qo’yadi. K. suv tubida hayot kechiradi, tanasining rangini atrofi- dagi narsalarga mos qilib o’zgartirish xususiyatiga ega. K. tropik va iliq suv- li dengizlarda 200 m gacha chuqurlikda tarqalgan. K.ning 90 ga yaqin turi ma’- lum. Go’shti iste’mol qilinadi; siyohi qimmatbaxr bo’yoq sifatida, chig’anog’i qoldig’i metall va yog’ochdan ishlangan bu- yumlarga sayqal berishda, atir-upa sano- atida va tibbiyotda dorivor modda sifa- tida qo’llaniladi.